Saqichni yutib yuborish qanchalik xavfli?

Saqichni yutib yuborish qanchalik xavfli?

Saqichni yutib yuborish noto‘g‘ri holat. Ammo bir dona, kichik hajmli saqichni yutib yuborsangiz, saqich hazm bo‘lmasdan bir necha kun ichida tanani tabiiy ravishda tark etadi. Oshqozondagi kislota muhiti organizm uchun yaxshi himoya vazifasini bajaradi, kamdan-kam hollarda bu ichak tutilishiga olib kelishi mumkin.

Saqichni ovqatdan keyin, tarkibidagi xushbo‘y oziq moddalar parchalanguncha, 7-10 daqiqa davomida chaynash foydali. Bolalarga saqichni yutib yuborish noto‘g‘ri ish ekanligini idrok qila oladigan 6-7 yoshgacha saqich bermagan ma’qul, chunki kichik yoshdagi bolalarda saqich allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi va tomoq, nafas yo‘llariga tiqilib qolishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!