Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan sud majlisi boshlanadi
Moskva okrug harbiy sudi dushanba kuni 2017 yil Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan birinchi sud majlisini o‘tkazadi, deb xabar qildi RIA Novosti sud matbuot xizmatiga tayanib.
Sud majlisining tayyorlov qismida sud majlisi ishtirokchilari yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish yoki qo‘shimcha dalillar to‘g‘risida iltimosnoma keltirishlari mumkin.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining Sennaya ploshad va Texnologicheskiy institut bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘ldi. Fojeada 16 kishi, jumladan, xudkush terrorchi Akbarjon Jalilov qurbon bo‘ldi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Qara-Suu tumanidan bo‘lgan Sirojiddin Muxtarov Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisidir. Hozirda u sirtdan hibsga olingan. Shuningdek, o‘zbekistonlik Bobirjon Mahbub ham terakt tashkilotchilaridan biri sifatida sirtdan hibsga olingan.
Mazkur jinoiy ish yuzasidan Sayfulla Hakimov, Shohista Karimova (ushbu jinoiy ish yuzasidan qo‘lga olingan yagona ayol), Akram Azimov i Mahamadyusuf Mirzaalimov, Abror Azimov, Dilmurod Muidinov, Sodiq Ortiqov, Azamjon Mahmudov, Bahrom Ergashev, Ibragim Ermatov i Muhamadyusuf Ermatov ayblanuvchi sifati sud qilinadi.
Tergov Abror Azimovni ham terakt tashkilotchilaridan biri deb hisoblaydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning ukasi Akram Turkiyada terakt sodir etish uchun xalqaro terrorchi guruhning faol ishtirokchisidan pul olgan, so‘ngra xudkushga o‘tkazgan.
