Samarqandda o‘quvchi qizlar janjallashdi. O‘qituvchilar, direktor o‘rinbosari va maktab psixologi "hayfsan" oldi

Samarqandda o‘quvchi qizlar janjallashdi. O‘qituvchilar, direktor o‘rinbosari va maktab psixologi "hayfsan" oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktablardan birida o‘quvchi qizlarning janjali aks etgan video tarqalgan edi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 8 may kuni Payariq tumanidagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

Maktabning 11"B"-sinf o‘quvchilari R.N. va F.D.lar soat 09:55 da tanaffus vaqtida o‘zaro tortishib qolgan. Oqibatda R.N. dugonasi D.F.ni turli xil so‘zlar bilan haqoratlagan va urgan.

O‘rganishlarga ko‘ra, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlarida nazoratsiz qoldirgani, o‘z lavozim majburiyatlarini to‘liq bajarmasdan sustkashlikka va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi M.A., 11"B"-sinf rahbari N.G‘., MMIB direktor o‘rinbosari X.A. va maktab psixologi N.A.ga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan, "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda,- deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!