Saida Saidbekova kino olamidagi katta tanaffus haqida: "Qayerda deysiz, hamma gap to‘ygacha ekan..."

Saida Saidbekova kino olamidagi katta tanaffus haqida: "Qayerda deysiz, hamma gap to‘ygacha ekan..."

Aktrisa Saida Saidbekova nima sababdan kino olamida katta tanaffus qilganiga oydinlik kiritdi. Bu haqida aktrisa "YouTube"dagi "YashinTV" kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

— To‘g‘risini aytsam, turmush o‘rtog‘im bilan tanishishimizni bitta film desa ham bo‘ladi: juda qiziq bo‘lgan. Yigitlar qizlarni ko‘rsa, xushomad qilgisi, gap otgisi keladi. Ular bilan birinchi marta ko‘chada tasodifan ko‘rishib qolganmiz. Avval boshida do‘st bo‘lib, yaqin inson bo‘lamiz degan maqsadda gaplashib yurganmiz. Xo‘jayinim juda ham rashkchilar, qattiq turib, juda ham tez muddat ichida sovchilarni yuborib, to‘yimizni tezlashtirib yubordilar.

To‘yimizgacha film ssenariylarini ko‘rib, agar ssenariy yaxshi bo‘lsa rol ijro etasiz, dedilar. (Kulib). Qayerda deysiz, hamma gap to‘ygacha ekan, undan so‘ng rashklari juda ham qattiq bo‘lib ketdi. Hattoki ijtimoiy tarmoqlarga kirishimga ham ruxsat bermadilar. Faqatgina farzandlarimiz dunyoga kelganidan so‘ng Instagram tarmog‘idan foydalanishga ruxsat berganlar.

Xullas, to‘ydan so‘ng barcha s’yomkalarga qarshilik bildirdilar. Telefon raqamlarimni ham almashtirdim. Faqat uy ishlari, bola tarbiyasi bilan band bo‘ldim. Lekin shu vaqt ichida xo‘jayinim ham, qaynona-qaynotam ham qo‘llaridan kelganicha zeriktirmaslikka harakat qilishdi, ro‘zg‘orda yordamlarini ayashmadi. Yaxshi tashvishlar, shirin xotiralar bilan hayotimizning 3-4 yili qanday o‘tib ketganini ham bilmay qoldik , deydi Saida Saidbekova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!