Rossiyalik jurnalistlar Jurnalistlar xalqaro federasiyasidan chiqarilmoqda

Rossiyalik jurnalistlar Jurnalistlar xalqaro federasiyasidan chiqarilmoqda

Jurnalistlar xalqaro federasiyasi Rossiya jurnalistlar ittifoqini o‘z safidan chiqarish jarayonini boshladi, deb yozmoqda Reuters.

Shimoliy Yevropa davlatlari JXFni Rossiyaning davlat OAVlari Ukrainaning okkupasiya qilingan hududlarida ishlayotganiga munosabat bildirmayotganini tanqid qilgan edi.

Bosh qarorgohi Brussel shahrida bo‘lgan Jurnalistlar xalqaro federasiyasiga 1926-yilda asos solingan. U 140 ta davlatda 187 ta assosiasiyalarni birlashtiradi va jahondagi eng yirik OAV xodimlari tashkiloti hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!