Rossiyalik dzyudochilar 2023 yilgacha xalqaro musobaqalardan chetlatildi

Rossiyalik dzyudochilar 2023 yilgacha xalqaro musobaqalardan chetlatildi

Xalqaro dzyudo federasiyasi Rossiya va Belarus sportchilarini 2023 yilning yanvariga qadar tashkilot tasarrufidagi xalqaro musobaqalardan chetlatdi.

Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.

Shu tariqa rossiyalik va belaruslik dzyudochilar Toshkent mezbonlik qiladigan 2022 yilgi Jahon chempionatida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Mazkur musobaqa 6 oktyabrdan 13 oktyabrga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya futbol terma jamoasi Yevro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmasligi haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!