Rossiyaga kuz faslida yana bir kasallik xavf solishi mumkin

Rossiyaga kuz faslida yana bir kasallik xavf solishi mumkin

Rossiyada kuz fasliga kelib saraton kasallligi o‘z cho‘qqisiga chiqadi. Bu haqda Moskva shahridagi 62-sonli kasalxonaning onkologik koloproktologiya bo‘limi boshlig‘i Ilya Chernikovskiy gapirib o‘tdi.

Chernikovskiyning ta’kidlashicha, onkologik shifoxonalarning ba’zilari koronavirusni davolashga yo‘naltirilgani sababli, bunday shifoxonalarga tushgan yuk hajmi ortgan.

Uning fikricha, onkologiya klinikalari avvalgidek ishlashda davom etishi kerak.

“Hozirda barcha onkologik tekshiruvlar to‘xtatildi, bu kasallikni erta bosqichda aniqlash imkoniyatini sezilarli darajada kamaytirdi” dedi onkolog.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kelayotgan kuz faslida bu o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va saratonning avj olishi keskin ortadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!