Rossiyada yo‘qolib qolgan qizchani onasining ovozini ovozkuchaytirgichda qo‘yib topishdi

Rossiyada yo‘qolib qolgan qizchani onasining ovozini ovozkuchaytirgichda qo‘yib topishdi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Kstovo tumanida 14 sentyabr tongida yo‘qolib qolgan ikki yoshli qizaloq shu kuni kechgacha onasining ovozi yozilgan ovozkuchaytirgich yordamida yo‘qolgan joyidan uch kilometr masofadan topildi. Bu haqda «Volontyor» qidiruv-qutqaruv otryadi komandiri Sergey Shuxrin ma’lum qildi, deb yozadi «daryo.uz».

Ikki yoshli qizcha 14 sentyabr tongida Vetchak posyolkasida yo‘qolib qoldi. U onasi va egizak singlisi bilan itini sayr qildirayotgan edi. Qizning onasi qochib ketgan itga chalg‘iganda, u noma’lum tarafga ketib qolgan.

«Biz shu zahoti daryolar va yo‘llarga o‘tish yo‘llarini yopdik, qizchaning onasi ovozini ovozkuchaytirgichga yozib, uni ishga tushirdik. Onasining ovozini eshitgan qizaloq baland o‘tlar orasida ko‘rinmay qolgan daladan chiqdi», — deya hikoya qiladi Shuxrin.

«Qizaloq tirik va sog‘-salomat, u onasiga topshirildi», — deydi volontyor.

U bolani qidirish uchun 200 dan ortiq odam — volontyorlar, polisiya va tergov qo‘mitasi xodimlari va mahalliy aholi to‘planganligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!