Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi

Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik 22 yoshli yigitni poyezd bosib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Silevo va Tixvin temiryo‘l stansiyalari orasidan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Tekshiruv davomida yigit quloqchin taqib, telefonga qarab, poyezd oldidan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Yigitning telefon ushlagan qo‘li temiryo‘ldan uch metr narida topilgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari ilib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!