Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 191 ming Shveysariya franki bilan ushlandi

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 191 ming  Shveysariya franki bilan ushlandi

Domodedovo aeroportida O‘zbekistondan Shveysariya franki olib kelgan kontrabandachi qo‘lga olindi.

Moskva shahrining Domodedovo aeroportida bojxonachilar O‘zbekiston fuqarosini Shveysariya franki bilan qo‘lga oldi. Bu haqda Federal bojxona xizmati Lenta nashriga ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi Turkiyaga uchmoqchi bo‘lgan. U bojxonachilarga bor-yo‘g‘i 10 ming frank olib ketayotganini aytgan. Ammo kurtkasidan 111 ming frank topilgan. Bundan tashqari, boshqa kiyimlarning cho‘ntagidan yana 80 ming frank topilgan. Hammasi bo‘lib, bu taxminan 2,5 mlrd so‘m.

Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. Erkak to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!