Rossiyada ishlagan o‘zbekistonlikka 647 ming rubl kompensasiya undirib berildi

Rossiyada ishlagan o‘zbekistonlikka 647 ming rubl kompensasiya undirib berildi

Fuqaro B.A. 2019-yil 15-oktyabr kuni ish joyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan va unga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida kompensasiya pulini undirish uchun 2022-yilda ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan Rossiyaning Pensiya va ijtimoiy sug‘urta fondiga bir necha bor murojaat xatlari yuborilib, muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada yurtdoshimiz foydasiga 647 ming rubl (8100 AQSh dollari) kompensasiya puli undirib berildi. Shuningdek, fuqaroga joriy yil 1-maydan boshlab umrbod muddatga har oyda 21431 rubldan nafaqa puli to‘lanishiga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!