Rossiyada Yevropa mamlakatlariga “yadroviy tekislik” bilan tahdid qilindi

Rossiyada Yevropa mamlakatlariga “yadroviy tekislik” bilan tahdid qilindi
AQSh o‘zi istaganidek O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan (O‘QRBSh) chiqib, Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlariga qisqa va o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni joylashtirsa, o‘sha hududlar harbiy plasdarmga aylanadi.
 
Harbiy ekspert Vladislav Shuriginning fikricha, amerika raketalari joylashtirilgan mamlakatlar yadroviy tekislikka aylanish xavfi ortadi.
 
“Bunday raketalarni hududiga joylashtirgan har qaysi Sharqiy Yevropa mamlakati o‘zini dunyo xaritasidan o‘chirib tashlaydi. Hamda amerikalik harbiylarni qatiyat bilan taklif qilayotgan siyosatchilar o‘z aholisini atom yomg‘iri ostida qoldiradi. Bunday vaziyatda o‘sha mamlakatlarning tinch aholisi garovda hisoblanmaydi. Bu allaqachon otila boshlangan garovdagilardir”, degan ekspert.
 
Oktyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning kelishuvga zid harakat qilgani va Xitoy Qurolli kuchlarining kuchayishini sabab qilib, O‘QRBShdan chiqish niyati haqida ma’lum qilgandi.
 
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning xohishiga munosabat bildirib, AQSh shartnomadan chiqsa Rossiya ham raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishini ma’lum qilgandi.
Manba: qalampir. com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!