Rossiya voleybolchilari Yevropa chempioniga aylanishdi

Rossiya voleybolchilari Yevropa chempioniga aylanishdi

Voleybol bo‘yicha Rossiya o‘smirlar terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan voleybolchilar uchun Yevropa chempionatining so‘nggi o‘yinida Turkiya terma jamoasini mag‘lub etdi.

Uchrashuv 3-1 hisobi bilan rossiyalik o‘smir qizlar foydasiga yakunlandi.

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uchrashuvning eng natijaviy ishtirokchisi 26 ochko to‘plagan rossiyalik ishtirokchi Arina Fyodorovseva bo‘lgan.

Rossiya ayollar terma jamoasi uchun ushbu g‘alaba ketma-ket to‘rtinchi va umumiy hisobda esa beshinchisi bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu turnir 1995 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!