Rossiya va Xitoy AQShga qarshi bayonotga imzo chekishdi

Rossiya va Xitoy AQShga qarshi bayonotga imzo chekishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin AQShni qiynaydigan bayonotga imzo chekishdi, deya xabar beradi “Ria Novosti”.

Rahbarlar bayonotda, asosan, AQShning yadro kelishuvidan bir tomonlama qoidaga binoan chiqqanini qoralashgan. Xujjat Rossiya prezidentining Xitoyga safari payti imzolangan. Ular bayonotda, shuningdek, AQShning Yevropa va, asosan, Osiyoda “raketa tahlikasi” bahonasi bilan “qiliqlar” qilayotganini keng muhokama qilishgan.

Uchrashuv paytida Rossiya va Xitoy ortasida yangi loyihalar ham kelishib qo‘yilgan. Xususan, uzoq manzilli magistral samolyotlar va og‘ir gelikopterlarni hamkorlikda ishlab chiqarish rejasini tuzishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!