Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi

Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi

IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida ikki davlat universitetlari orasida hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzoladi. Xususan:

🔸Uzoq Sharq federal universiteti va Buxoro davlat universiteti;

🔸Rossiya Ta’lim Akademiyasi, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

🔸 Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti va O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Tomonlar, shuningdek, qo‘shma ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish, Rossiya OTMlari filiallarini rivojlantirish va ilmiy-ta’lim sohasidagi boshqa hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!