Rossiya va Turkmaniston bir necha milliard dollarlik shartnomalar imzoladi

Rossiya va Turkmaniston bir necha milliard dollarlik shartnomalar imzoladi

Ashxobodda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 150 milliard rubl bo‘lgan ellikta shartnoma imzolandi, dedi Rossiya Federasiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Volvach.

"Turkmaniston sanoat kooperasiyasi sohasida ishonchli hamkor hisoblanadi. Mamlakatlarimiz tadbirkorlari yangi loyihalarni ishlab chiqishga tayyor", - deya qo‘shimcha qildi u.

Ayni paytda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari neft-gaz, transport, farmasevtika va boshqa sohalar bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!