Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga urinmoqda — Britaniya razvedkasi

Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga urinmoqda — Britaniya razvedkasi

Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilish uchun rejalashtirilgan harakatlarini boshlagan. Bu haqda Britaniya harbiy razvedkasining kundalik hisobotida xabar berildi. Hisobotda 7 dekabr kuni kamida 16 ta qanotli raketalar bilan Kiyevga qilingan hujumlar nazarda tutilgan.

Tahlilchilarning fikricha, Rossiya Federasiyasi bu qurollarni qishki hujumlar uchun maxsus saqlagan. Xabar qilinishicha, Ukraina havo mudofaasi kuchlari raketalarning aksariyat qismini muvaffaqiyatli tutib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!