Rossiya TIV: Janubiy Koreya bizning bozorimizga qaytmoqchi

Rossiya TIV: Janubiy Koreya bizning bozorimizga qaytmoqchi

Rossiya Janubiy Koreya munosabatlarni to‘liq to‘xtatmoqchi emasligiga ishonchi komil va Rossiya bozoriga qaytish imkoniyatini saqlab qolishga umid qilmoqda, dedi RIA Novosti agentligiga Rossiya TIVning Osiyo bo‘yicha birinchi departamenti direktori Ivan Jeloxovsev.

Janubiy Koreya Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin G‘arb sanksiyalariga qo‘shildi. Jelohovsevning tan olishicha, munosabatlar «hozirda og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda, garchi ular bir necha yil oldin ular eng konstruktiv tarzda, ayniqsa iqtisodiy sohada rivojlanayotgan edi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Janubiy Koreya bilan aloqalarni davom ettirmoqda, Seulda esa Rossiya bozoriga qaytish huquqini saqlab qolish istagi haqida gap ketmoqda. Moskva bu yondashuvni olqishlaydi, lekin sanksiyalar bilan bog‘liq hamma narsada aniq qadamlarni kutmoqda, ayniqsa Koreya hukumati fevral oyida yangi sanksiyalar paketini joriy etishni rejalashtirayotganini hisobga olib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!