Rossiya Tergov qo‘mitasi Kaxovka GESi portlatilishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Kaxovka GESi portlatilishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainadagi Kaxovka GESi to‘g‘onining vayron qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Ukraina qurolli tuzilmalarining jinoiy harakatlari oqibatida Kaxovka GESi vayron bo‘ldi. Natijada Xerson viloyatidagi aholi punktlari suv ostida qoldi. Ushbu fakt bo‘yicha Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi "a”, “c" bandlarida nazarda tutilgan jinoyat (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishuv asosida sodir etilgan va katta miqdordagi mulkiy zarar va boshqa og‘ir oqibatlarga olib keladigan terrorchilik harakati) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tergov qo‘mitasi mintaqaga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashini, barcha ishtirok etgan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!