Rossiya Tashqi ishlar vazirligi «Shimoliy oqim» bo‘yicha javob izlashda davom etadi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi «Shimoliy oqim» bo‘yicha javob izlashda davom etadi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Daniya pozisiyasiga qaramay, «Shimoliy oqim» bo‘yicha javob izlashda davom etadi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ta’kidlashicha, Kopengagen dastlab tergovga qiziqmagan.

«Daniya tomoni sabotajni birgalikda tekshirishdan bosh tortganiga qaramay, Rossiya TIV Kopengagendan avvalroq berilgan savollarga javob izlashda davom etadi. »Gilam ostidan supurish« bu masalada muvaffaqiyat qozonmaydi», - deya qayd etdi diplomat.

Faqatgina Rossiya Federasiyasi vakillari ishtirokidagi ochiq va keng qamrovli xalqaro tergov «Shimoliy oqim»dagi qo‘poruvchilik buyurtmachilari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Zaxarova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!