Rossiya shaxmat federasiyasi Yevropadan Osiyoga ko‘chib o‘tmoqchi — OAV

Rossiya shaxmat federasiyasi Yevropadan Osiyoga ko‘chib o‘tmoqchi — OAV

Rossiya shaxmat federasiyasi Yevropa musobaqalariga qaytish va Osiyoga ko‘chib o‘tishga urinishlardan voz kechgan birinchi Rossiya sport tuzilmasi bo‘ladi. Bu haqda Kommersant’ xabar berdi.

Qayd etilishicha, federasiyaning Yevropa shaxmat ittifoqidan Osiyo shaxmat federasiyasiga o‘tishi fevral oyi oxiri yoki mart oyi boshida rasmiylashtiriladi.

“RSHF rossiyalik shaxmatchilar yangi mintaqada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonch bildirmoqda va Osiyodagi raqobat darajasi hozir Yevropadagidan ham yuqori”, deb yozadi nashr.

Urush sababli Rossiya futbol klublari va milliy terma jamoasiga UYEFA shafeligidagi xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlangani uchun Rossiya futbol ittifoqi Yevropa assosiasiyasidan Osiyoga o‘tmoqchi edi. Bu masala dekabr oyida muhokama qilingan, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!