Rossiya HAMAS va boshqa Falastin guruhlarini Moskvaga chaqirdi

Rossiya HAMAS va boshqa Falastin guruhlarini Moskvaga chaqirdi

Rossiya HAMAS va boshqa Falastin guruhlari, jumladan “Fath” a’zolarini Isroil-HAMAS urushi va Yaqin Sharqdagi boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga taklif qildi. Bu haqda Al-Arabiya nashri Kreml matbuot xizmati tarqatgan xabarga asoslanib ma’lum qildi.

Rossiya ma’muriyati 29 fevraldan boshlab o‘nga yaqin falastinlik guruhlar o‘zaro muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga taklif qilinishi haqida xabar bergan. Muzokaralar asosan ikki qismga bo‘lingan Falastin uni yagona rahbariyat ostida yana birlashtirish haqida bo‘lishi bildirilgan.

“Biz Falastinning barcha vakillarini, shuningdek, Suriya, Livan va mintaqaning boshqa mamlakatlarida o‘z pozisiyalariga ega bo‘lgan barcha siyosiy kuchlarni taklif qildik”, — degan prezident Vladimir Putinning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Bogdanov bo‘lg‘usi muzokaralarga munosabat bildirib.

Taklif etilganlar orasida “Fath”, “Falastin ozodlik tashkiloti” (FOT) vakillari bilan bir qatorda HAMAS va “Falastin islomiy jihodi” tashkiloti a’zolari ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!