Rossiya bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda — Britaniya razvedkasi

Rossiya bir necha yillik urushga tayyorlanmoqda — Britaniya razvedkasi

Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya hukumati “Ukrainada yana bir necha yillik harbiy harakatlarga tayyorlanayotganini” ma’lum qildi.

Britaniya Mudofaa vazirligi 2024 yilgi Rossiya byudjeti loyihasi asosida tegishli xulosaga keldi. Xususan, 2024 yilda mudofaa uchun byudjet xarajatlari yalpi ichki mahsulotning hozirgi 3,9 foizidan 6 foizga, ya’ni 6,4 trillion rubldan 10,8 trillion rublgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Katta ehtimol bilan, Rossiya mudofaa xarajatlarini 2024 yil davomida saqlab qolishi mumkin. Britaniya harbiy razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya mudofaa xarajatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlar har doim maxfiy bo‘lsa-da, ochiqlangan raqamlar Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanayotganidan dalolat beradi.

  • Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi harbiy amaliyotlar 2025 yilda davom etishini aytgandi.
  • Rossiya Moliya vazirligi rahbari Anton Siluanov byudjetda mudofaa xarajatlarining ulushi oshgani va ular ustuvor ekanini tan olgan.

22-sentyabr kuni Bloomberg agentligining Rossiya byudjeti loyihasidagi urush xarajatlari haqidagi maqolasi chop etildi. Shu asosda “Kommersant” gazetasi, boshqalar qatori, eslatma yozdi, ammo xabar tez orada “muharrirlarning qarori bilan” o‘chirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!