Rossiya 2029 yilda NATOga qarshi urush qilishi mumkin — Bundesver bosh inspektori

Rossiya 2029 yilda NATOga qarshi urush qilishi mumkin — Bundesver bosh inspektori

Bundesver bosh inspektori Karsten Broyer Rossiyani tiyib turish uchun mudofaa budjetini oshirishga chaqirmoqda.

"Rossiya o‘zining harbiy salohiyatini oshirmoqda, bu uning hozirgi bosqinchilik urushini olib borish uchun zarur bo‘lganidan ham oshib ketadi. Rossiya harbiy xizmatchilari sonini 1,5 million nafarga yetkazishni rejalashtirgan, bu butun Yevropa Ittifoqidagidan ko‘proqdir. Bundan tashqari, Rossiya yiliga 1000 tadandan 1500 tagacha tank ishlab chiqaradi. Agar siz Yevropadagi eng yirik beshta NATO armiyasini birgalikda oladigan bo‘lsangiz, ularda Rossiya har yili ishlab chiqarayotgan tanklar sonining atigi yarmi bor", — deya fikr bildirdi nemis generali NATO sammiti arafasida Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.

O‘tgan hafta oxirida koalision hukumat Germaniyaning 2025 yilgi budjetining asosiy parametrlarini kelishib oldi. Unda mudofaa xarajatlari taxminan 52 milliard yevroni tashkil etadi, bu esa Mudofaa vaziri Boris Pistorius kutganidan kamroq hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!