Ronalduning koronavirusga topshirgan testi yana ijobiy chiqdi

Ronalduning koronavirusga topshirgan testi yana ijobiy chiqdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning koronavirusga topshirgan takroriy testi yana ijobiy xulosa berdi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.

Uchrashuv 28 oktyabr kuniga mo‘ljallangan. UYEFA protokoli bo‘yicha Ronaldu uchrashuvda qatnasha olishi uchun o‘yindan bir hafta avval koronavirusga topshirgan testi salbiy natija berishi kerak.

Shuningdek, hujumchi A Seriya doirasidagi «Verona»ga qarshi o‘yinda ham qatnasha olmaydi.

AS xabariga ko‘ra, Ronaldu o‘yinga 24 soat qolganida koronavirus testidan muvaffaqiyatli o‘ta olsa «Barselona»ga qarshi uchrashuvda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Ispan nashrida aytilishicha, turinliklar klubi futbolchining holati haqida UYEFAga hisobot jo‘natgan. Unda futbolchida hech qanday alomatlar yo‘qligi va tana harorati ko‘tarilmagani haqida ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!