Ronaldu Nurmagomedovni tabrikladi

Ronaldu Nurmagomedovni tabrikladi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu UFC chempioni Habib Nurmagomedovni Jastin Getji ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

«Tabriklayman, do‘stim! Otang sen bilan faxrlangan bo‘lardi!» — deya yozadi portugaliyalik forvard Instagram’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov Getji bilan jangda chempionligini himoya qilib, faoliyatidagi 29-g‘alabasiga erishdi. Ushbu jangdan keyin rossiyalik sportchi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!