Ronaldu "An-Nasr"dagi gollarini 30 tadan oshirdi

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safidagi 31-golini urdi.
Saudiya Arabistoni jamoasi hujumchisi Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinda (3:1, ikkinchi bo‘lim) “Istiqlol” darvozasiga to‘p kiritdi.
Portugaliyalik futbolchi ketma-ket uchinchi o‘yinda gol urgan bo‘lsa, barcha musobaqalardagi so‘nggi beshta o‘yinida u beshta gol urdi.
Ronaldu “An-Nasr” safidagi 35-o‘yinini o‘tkazmoqda. Uning hisobida 31 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)