«Real» «Man Siti»ning qaysi o‘yinini o‘rgangani ma’lum bo‘ldi

«Real» «Man Siti»ning qaysi o‘yinini o‘rgangani ma’lum bo‘ldi

«Real» Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yini oldidan «Manchester Siti»ning qaysi o‘yinini o‘rgangani ma’lum bo‘ldi.

Marca xabariga ko‘ra, Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi javob o‘yini oldidan «Arsenal»ning «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvini tahlil qilib, londonliklarning Gvardiola jamoasiga qarshi himoyadagi o‘yinini o‘rgangan. Shu tariqa, Anchelotti Manchesterdagi bahsda Arteta qo‘llagan taktikada to‘p surishga qaror qilgan.

APL 30-turi doirasida 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» - «Arsenal» bahsida Arteta himoyaviy o‘yin evaziga «shaharliklar»ga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatgan va darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi – 0:0.

Eslatib o‘tamiz, «Real» safarda «Manchester «Siti» bilan 1:1 hisobini qayd etgan va o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alabaga erishib, yarimfinalga yo‘llanma oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!