"Real Madrid" yetakchisi "Roma"ga o‘tishi mumkin

"Real Madrid" yetakchisi "Roma"ga o‘tishi mumkin

Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio Ispaniya chempionatini Italiya A Seriyasiga o‘zgartirishi mumkin. Calciomercatoweb xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga portugaliyalik Joze Mourinyo bosh murabbiyligidagi “Roma” qiziqish bildirmoqda.

Rim klubi agar yarim himoyachi Nikolo Dzanyoloni jamoada saqlab qololmasa, Asensioni sotib olishga urinib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Marko "qirollik" klubida 2015 yilning yozidan buyon o‘ynaydi U "qaymoqranglilar" safida 235 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urgan va 24 ta golga assistentlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!