“Real Madrid” amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibini turnirdan chiqarib yuborgan mavsumning 6 tasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan

“Real Madrid” amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibini turnirdan chiqarib yuborgan mavsumning 6 tasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasining chorak finalida “Manchester Siti”ni (penaltilar seriyasida 4:3) mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Qirollik” klubi amaldagi kubok egalarini mag‘lubiyatga uchratgan yili olti marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.

Faqatgina 1963—1964 yilgi mavsumda ispan klubi bu natijani qayd eta olmagan. O‘shanda “Real” chorak finalda amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibi “Milan”ni (4:1) mag‘lubiyatga uchratgan, ammo finalda “Inter”ga (1:3) imkoniyatni boy bergan.

Bu mavsumda “Real Madrid” yarim finalda “Bavariya” bilan o‘ynaydi. Birinchi o‘yin 30 aprel kuni, javob o‘yini 8 may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Manchester Siti” Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda Pep Gvardiola jamoasi finalda “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Yagona golga yarim himoyachi Rodri mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!