Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va sahobalarning xonadonlari ham muammodan xoli bo‘lmagan

A A A
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va sahobalarning xonadonlari ham muammodan xoli bo‘lmagan

Alloh taolo aytadi: “Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o‘shanda ular (haqni) ko‘ruvchidirlar” ("A’rof" surasi, 201-oyat).

Yaxshi odamlarning xonadonlari ham turli oilaviy muammolardan xoli bo‘lmagan. Lekin yaxshi kishilar bu ishlar shayton istaganidek va uning xohishiga qarab avj olib ketishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Balki shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘raydilar. Ishlarini to‘g‘rilab olish, birlashish, oralarini tuzatish hisobiga shaytonning makrini yo‘qqa chiqaradilar.

Abu Bakr (roziyallohu anhu) bilan yuz bergan bir voqeani eslaylik. U zot (roziyallohu anhu) o‘g‘illari Abdurahmonga mehmonlarni qo‘shib uylariga yubordilar. Anchadan keyin kelib qarasalar, mehmonlar u kishi kelgunlaricha ovqat yeyishni kechiktirib o‘tirishibdi. Abu Bakr (roziyallohu anhu) bundan uydagilariga ham, mehmonlarga ham jahl qildilar va hech narsa yemaslikka qaror berdilar. Noroziliklaridan mehmonlarga: “Ishtaham yo‘q”, deyishgacha bordilar. Mehmonlar va uy bekasi Abu Bakr yemasalar, ular ham yemasliklarini bildirdilar. Shu orada Abu Bakr (roziyallohu anhu) o‘zlarini o‘nglab, bu g‘azablar shaytondan ekanini eslab qoldilar va Allohning ismini tilga oldilar. Taomga yuzlandilar va mehmonlar ham yuzlari yorishib, “oling-oling”ga o‘tishdi. Alloh taolo taomlariga baraka berdi.

Shu bilan shayton tashlagan va oldi olinmasa, yoyilib, davom etaveradigan ig‘vo, dilxiraliklar to‘ri parchalanib, samimiyat tiklandi. G‘azab kelganida Abu Bakr (roziyallohu anhu) o‘zlarini bosib, o‘ylab ko‘rarkanlar, bu hodisa shaytondan ekaniga e’tibor qilganlari tufayli shunday bo‘lgani ibratlidir.

Bu kabi hodisalar hatto Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning uylarida ham ro‘y bergan.

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) u kishiga: “Sening mendan roziliging va norozilingni bilaman”, dedilar. Oisha (roziyallohu anho): “Buni qayerdan bilasiz?” deb so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Mendan rozi bo‘lganingda: “Yo‘q, Muhammadning Rabbisiga qasam”, deysan. Mendan norozi bo‘lganingda: “Yo‘q, Ibrohimning Rabbisiga qasam”, deysan”, dedilar. Oisha (roziyallohu anho) aytdilar: “Ha, Yo Rasululloh, Allohga qasamki, faqat ismingizni hijron qilaman, xolos” (Muttafaqun alayh).

No‘’mon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Aytdi: “Abu Bakr (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga kirishga ruxsat so‘radilar. Oisha (roziyallohu anho) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga ovozlarini ko‘tarib gapirayotgan ekanlar. Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Ey falonchining qizi, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga ovozingni ko‘tarasanmi?” dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ularning oralariga tushdilar. So‘ng Abu Bakr (roziyallohu anhu) tashqariga chiqdilar. Keyin Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Oisha (roziyallohu anho)ni ko‘ngillarini olib: “Meni ko‘rdingmi? Sen bilan u kishining o‘rtalaringga tushdim”, dedilar. Abu Bakr (roziyallohu anhu) yana bir bor kirishga ruxsat so‘radilar va ular kulayotganlarini eshitdilar. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Urishlaringga sherik qilganlaringdek tinchliklaringga ham sherik qilinglar”,  dedilar” (Imom Ahmad rivoyati).

Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Men Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu)dan Alloh taoloning: “Agar sizlar Allohga tavba qilsangiz (o‘zlaringizga yaxshi).Chunki dillaringiz (haq yo‘ldan) toyib ketdi!” (Tahrim surasi 4-oyat), degan So‘zidagi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning ikki ayollari haqida so‘rashga qiziqar edim. Umar (roziyallohu anhu) haj qilganlarida men (ham) haj qildim. O‘zlarini chetga oldilar. Men ham suv idishni ko‘tarib, o‘zimni chetga oldim. Yozilib keldilar. Men suv idishdan qo‘llariga suv quydim va tahorat qildilar. Men: “Ey mo‘minlar amiri, “Agar sizlar Allohga tavba qilsangiz (o‘zlaringizga yaxshi). Chunki dillaringiz (haq yo‘ldan) toyib ketdi!” (Tahrim surasi 4-oyat) deyilgan oyati Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning qaysi ikki ayollari haqida?”  dedim. Umar (roziyallohu anhu): “Seni qara, Ibn Abbos? Ular Oisha va Hafsa”, dedilar. So‘ng Umar (roziyallohu anhu) voqeani aytib berdilar: “Men va ansor qo‘shnim bo‘lar edi. U Madinadagi mashhur Umayya ibn Zaydning farzandlaridan edi. Biz Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga navbatlashib bir-kun bir-kun borib turardik. Men borganimda vahiy nozil bo‘lsa yoki biron voqea ro‘y bersa, qo‘shnimga aytib berar edim. U borganida kelib menga hikoya qilib berar edi.

Biz qurayshliklar xotinlarimizdan ustun kelar edik. Madinaga kelganimizda ansorlarning xotinlari ustun ekanini ko‘rdik. Bizning xotinlarimiz ansorlar xotinlarining odob-axloqidan ta’sirlana boshlashdi. Xotinim menga baqirib gapirdi va buni yana takrorladi. Men boshqa bunday qilmasligini aytdim. Xotinim: “Nimaga takrorlamasligim kerak? Allohga qasam, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning xotinlari ham takrorlar ekan. Ularning biri kun bo‘yi kechgacha gaplashmagan”, dedi. Bu so‘zdan qaltirab ketdim va unga: “Qaysi biri shunday qilgan bo‘lsa ham, katta xato qilibdi”,  dedim. So‘ng kiyimlarimni kiyib, Hafsaning oldiga bordim va unga: “Sizlardan birontangiz bugun kechgacha Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga achchiq qilib yurdimi?”  dedim. U: “Ha”, dedi. Men: “Xato qilibsan. Adashibsan. Allohning elchisiga yomon muomala qilib, Allohning g‘azabidan omon qolasanmi? Halok bo‘lasan? Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga ko‘p gapirma, biron narsani qayta takrorlama. U Zotga achchiq qilma. Senga kerak narsani mendan so‘ra. Qo‘shning sendan chiroyliroq va Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga suyukliroq bo‘lishi seni yo‘ldan urmasin (bu so‘zlari bilan Oisha (roziyallohu anho)ni nazarda tutgan edilar)”, dedim.

Umar (roziyallohu anhu) aytadilar: “G‘asson qabilasi bizga qarshi jang qilish uchun tayyorgarlik qilayotgani haqida gaplashgan edik. Qo‘shnim navbati kuni ketdi va kechga yaqin qaytib kelib, eshigimni qattiq taqillatdi va: “U xato”,  dedi. Qo‘rqib uning oldiga chiqdim. U: “Bugun daxshatli ish bo‘ldi”,  dedi. Men: “Nima bo‘ldi? G‘asson keldimi?” dedim. U: “Yo‘q. Bundan ham kattaroq va dahshatliroq. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) xotinlarini taloq qildilar”, dedi. Men: “Hafsa xato qildi va adashdi”,  dedim. Shunday bo‘ladi deb o‘ylagan edim.

Kiyinib chiqib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan bomdod namozini o‘qidim. Rasululloh (alayhissalom) bir xonaga kirib yolg‘iz qoldilar. Hafsaning oldiga kirganimda yig‘lab o‘tirgan ekan. Men: “Nimaga yig‘layapsan? Seni shundan qaytarmagan edimmi? Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sizlarni taloq qildilarmi?”,  dedim. U: “Bilmayman”, dedi. Rasululloh (alayhissalom) hali ham yolg‘iz o‘tirardilar. Chiqib minbarning oldiga bordim. U yerda bir necha odamlar bo‘lib, ba’zilari yig‘lash bilan ovora edi. Ular bilan ozroq o‘tirdim. So‘ng chidab tura olmadim va Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yolg‘iz o‘tirgan xona oldiga kelib, xizmatchilariga: “Umarga ruxsat so‘ra”,  dedim. U kirib Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan gaplashdi va qaytib chiqib: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga sizni aytgan edim, indamadilar”,  dedi. So‘ng minbar oldidagi kishilar huzuriga qaytib bordim. Toqatim tugadi, yana xizmatchi yigitning oldiga kelib: “Umarga ruxsat so‘ra”,  dedim. Kirib chiqdi va: “Sizni aytgan edim indamadilar”, dedi. Yana minbar yaqinidagi kishilar oldiga qaytdim. Lekin sabrim chidamadi va yana xizmatchiga: “Umarga ruxsat so‘ra”, dedim. U kirib chiqdi va menga: “Sizni aytgan edim, indamadilar”, dedi. Qaytib ketayotganimda xizmatchi meni chaqirib qoldi va: “Rasululloh (alayhissalom) sizga ruxsat berdilar”, dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga kirsam, bo‘yra ustida yonboshlab yotgan ekanlar. To‘shak solinmagani uchun badanlariga bo‘yraning izi tushib qolibdi. Ichiga xurmo daraxtining po‘stlari solingan teri yostiqqa suyanib o‘tirar edilar. Salom berdim, so‘ng turgan holimda: “Yo Rasululloh, xotinlaringizni taloq qildingizmi?” dedim. Menga qarab: “Yo‘q”,  dedilar. Men: “Allohu akbar”, dedim va turgan holimda gaplashdim: “Yo Rasululloh, bir qarang! Biz qurayshliklar xotinlarimizdan ustun edik. Madinaga kelganimizda ularning xotinlari ustun ekan”,  dedim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tabassum qildilar. So‘ng aytdim: “Yo Rasululloh, menga qarang! Hafsaning oldiga kirib, unga: “Qo‘shning sendan chiroyliroq va Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga suyukliroq bo‘lishi seni yo‘ldan urmasin”, dedim”. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yana bir bor tabassum qildilar. Tabassumlarini ko‘rib o‘tirdim. Uylariga ko‘z yugurtirib chiqdim. Allohga qasam, uylarida uchta jihozdan boshqa narsa ko‘zga tashlanmadi. Men: “Yo Rasululloh, ummatingiz mo‘l-ko‘lchilikda yashashini so‘rab Allohga duo qiling. Fors va rumlar Allohga ibodat qilmaydilar. Lekin ular to‘kin-sochinlikda badavlat yashaydilar”, dedim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) suyanib o‘tirgan joylaridan rostlanib o‘tirdilar va: “Ey Xattobning o‘g‘li, sen shunday fikrdamisan? U qavmlarga yaxshi ko‘rgan narsalari bu dunyoda tezlashtirib berilgan”,  dedilar. Men: “Yo Rasululloh, men uchun istig‘for ayting”, dedim.

Alloh taolo Rasululloh (alayhissalom)ga tanbeh bergach: “Men ularning oldiga bir oy kirmayman”, deb xotinlari oldiga tunagani bir oy kirmaslikka qaror qildilar. Yigirma to‘qqiz kechadan so‘ng Oisha (roziyallohu anho)ning oldilariga kirishdan boshladilar. Oisha (roziyallohu anho): “Yo Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam), siz bir oy kirmayman deb, qasam ichgansiz. Yigirma to‘qqiz kun bo‘ldi, yana bir kun bor”, dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Bir oy yigirma to‘qqiz kecha bo‘ladi”, dedilar. Oisha (roziyallohu anho): “So‘ng “tanlash” haqidagi “Ey, Payg‘ambar! Xotinlaringizga ayting: “Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan bo‘lsangiz, u holda kelingiz, men sizlarni (o‘sha narsalar bilan) bahramand qilay va yaxshilab kuzatay (taloq qilay)! Bordi-yu, Allohni, Uning payg‘ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo‘lsangiz, u holda Alloh sizlarning orangizdagi chiroyli amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot (jannat)ni tayyorlab qo‘ygandir” (Ahzob surasi 28 – 29-oyatlar) oyati tushdi. Birinchi mendan boshladilar va men U Zotni tanladim”,  dedilar. So‘ng barcha xotinlariga ixtiyor berdilar. Ular ham Oisha (roziyallohu anho) aytgan: “Siz haqingizda ota-onam bilan maslahat qilamanmi? Men Allohni, Rasulini va oxirat hovlisini tanlayman”, dedilar.

Ali (roziyallohu anhu)ning hayotlariga bir qarang! Alloh va Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni yaxshi ko‘radi, Alloh va Rasululloh (alayhissalomni) ham uni yaxshi ko‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning qizlari va jannatiy ayollardan bo‘lgan Fotima (roziyallohu anho) bilan gohida arazlashib qolar edilar. Shunday paytlari achchiqlanib, masjidga borib uxlar edilar.

Sahl ibn Sa’d So’idiy aytdi: “Ali (roziyallohu anhu)ning eng yaxshi ko‘rgan ismlaridan biri Abu Turob edi. Shu ism bilan chaqirilsa, xursand bo‘lib ketar edi. Bu nom bilan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) nomlagan edilar. Bir kun Fotima (roziyallohu anho)ga achchiq qilib chiqdilar va masjid devoriga suyandilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ali (roziyallohu anhu)ning orqalaridan kelayotib: “U devorga suyanib turibdi”,  dedilar. Kelganlarida orqalari tuproq bo‘lib ketgani ko‘zga tashlandi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ali (roziyallohu anhu)ning orqalaridagi tuproqni qoqib: “Ey Abu Turob, o‘tir”,  der edilar”.

Demak, er-xotin orasida muammo paydo bo‘lsa, oralarida o‘tgan ishni o‘ylab ko‘rishlari kerak. Allohdan shaytonning yomonligidan panoh so‘rashlari, bo‘lib o‘tgan ishlarini tuzatishlari va kelishmovchiliklar eshigini yopishlari lozim. Erning jahli chiqsa yoki xotin achchiqlansa, ikkisi ham Allohdan panoh so‘rashlari, tahorat qilib, ikki rakat namoz o‘qishlari kerak. Biri turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, o‘tirgan bo‘lsa, yonboshlab olsin. Yoki biri boshqasini kechirsin, quchoqlasin, xato qilgan bo‘lsa, uzr aytsin va Alloh roziligi uchun kechirib yuborsin.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi birgina g‘alaba bilan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqdi

Саудия Арабистони мезбонлик қилаётган ўсмирлар (U-17) ўртасидаги Осиё кубогининг "D" гуруҳида иккинчи тур ўйинлари якунланди.

Mbappening «el-klasiko» oldidan qilgan ishi «Real»ni hayratda qoldirdi

Мадриднинг «Реал» клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе жароҳати сабабли «Барселона»га қарши ўйинни ўтказиб юборди.

Zelenskiy: Putin "nihoyat real uchrashuvlarga tayyor"

Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.

Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi

НУЖ ҳақидаги ҳужжатлар АҚШ президенти Доналд Трампнинг кўрсатмаси билан эълон қилинмоқда, у апрель ойида бу мавзудаги «қизиқарли» маълумотларни ошкор қилишга ваъда берган эди.

AQShning dunyodagi obro‘si Rossiyanikidan ham pastga tushib ketdi

​2026 йилги янгиланган маълумотларга кўра, АҚШнинг глобал имиж кўрсаткичи икки йил олдинги плюс 22 фоиздан минус 16 фоизгача тушган

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.