Rasmus Paludan endi Rossiya elchixonasi oldida "Qur’on" kitobini yoqmoqchi

Rasmus Paludan endi Rossiya elchixonasi oldida "Qur’on" kitobini yoqmoqchi

Daniyaning o‘ta o‘ngchi «Jyostkiy kurs» partiyasi rahbari Rasmus Paludan Rossiya elchixonasi oldida "Qur’on"ni yoqish uchun miting o‘tkazishi mumkinligini tan oldi.

O‘tgan hafta Turkiya elchixonasi yaqinidagi shunga o‘xshash mitingdan so‘ng mashhur bo‘lgan Paludan, kelib chiqishi chechen bo‘lgan shved aralash yakkakurash jangchisi Hamzat Chimayevning so‘zlariga shunday munosabat bildirdi.

Aksiya o‘tgan shanba kuni hokimiyat ruxsati va polisiya himoyasi ostida bo‘lib o‘tdi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi "Qur’on"ning yoqib yuborilishi Yevropada islomofobiya, irqchilik va diskriminasiya darajasidan dalolat beradi, dedi. Ekstremistning xatti-harakati Saudiya Arabistoni, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirliklari tomonidan qoralangan.

Hamzat Chimayev, o‘z navbatida, o‘z sahifasida Rasmus Paludanning harakatlarini qoralagan va uni «terrorchi» deb atagan postini e’lon qildi. Paludan bu gapni shaxsiy haqorat deb hisobladi va bunga javoban yangi aksiya o‘tkazishini istisno etmadi.

«Hamzat ismli chechen bor, shekilli, hozir Shvesiyada kurash bilan shug‘ullanadi, vatani Checheniston bo‘lsa-da. U meni haqorat qildi. Menimcha, buning uchun butun Checheniston maxsus "salom" olishi kerak», dedi Paludan videomurojaatida.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, shved faoliga ko‘plab tahdidlar kelib tushgan, biroq o‘z faoliyatini davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!