Rasmiy munosabat: "Atletiko" Grizmanni "Barselona"ga sotmaydi

Rasmiy munosabat: "Atletiko" Grizmanni "Barselona"ga sotmaydi

«Atletiko» klubi hujumchi Antuan Grizmann va «Barselona» borasida bayonot bilan chiqdi. 

«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu tomonidan futbolchimiz Antuan Grizmann borasida berilgan bayonot yuzasidan «Atletiko» quyidagilarni ma’lum qiladi.

"Antuan Grizmann 14 may kuni mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etmoqchi ekani haqida Migel Anxel Xil, Diyego Simeone va Andrea Bertaga o‘z qarorini ma’lum qildi.

Oradan birt necha kun o‘tib, «Atletiko»ga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, «Barselona» va o‘yinchi mart oyida — «Yuventus»ga qarshi javob o‘yinidan keyin o‘zaro kelishuvga erishgan.

Bartomeuning bugungi bayonoti borasida shu ma’lum qilamizki, kecha Migel Anxel Xil va «Barselona» bosh direktori Oskar Grau o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida "Barsa" vakili futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 120 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashni kechiktirishni so‘radi. Tabiiki, «Atletiko» bunga rad javobini berdi. Boisi, «Barselona» va futbolchi «Atletiko» va uning muxlislarini hurmat qilmadi.

Bularning barchasidan kelib chiqib, «Atletiko» futbolchi, uning agenti hisoblangan opasi va advokatidan shartnoma bandlariga amal qilgan holda keyingi yakshanba kuni klub bazasiga tashrif buyurishni hamda boshqa futbolchilar bilan birga mavsumga tayyorgarlikni boshlashni so‘radi. 

Mazkur bayonot orqali «Atletiko» ikkala tomonga, ayniqsa, "Barselona" o‘zining nafratini izhor qilishni istaydi. Bu jamoa mavsum davomida futbolchi va «Atletiko» o‘rtasida munosabatning yomonlashishiga sababchi bo‘ldi», – deyiladi «Atletiko» bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!