Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi. Arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

10-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yig‘ilishining yakuniy bayonnomalariga ko‘ra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar o‘rnatilgan tartibda o‘z egalariga yetkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!