Rasman: O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi namoyish etiladi

Rasman: O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi namoyish etiladi

“Sport” telekanali 9 noyabr kungi O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi jonli efirda namoyish etilishini rasman e’lon qildi. 

 Oldinroq, terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov guruhdagi asosiy raqib Saudiya Arabistoni o‘yinimizni o‘rganmasligi va o‘rtoqlik uchrashuviga ko‘proq muxlis kelishi uchun Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv TV orqali translyasiya qilinmasligi haqida ma’lum qilgandi.

 Bugun esa matbuot anjumanida «Televideniye xohlasa, Qirg‘iziston bilan o‘yinni translyasiya qilaversin» deya fikr bildirgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Sport” telekanali uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishini ma’lum qildi.

 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr kuni soat 17:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!