Rasman. Konte "Tottenxem"dan ketdi

Rasman. Konte "Tottenxem"dan ketdi

Antonio Konte "Tottenxem" bosh murabbiyligidan ketdi.

Klub tomonlar kelishuviga ko‘ra shartnomani bekor qilish haqida bayonot e’lon qildi. Kristian Stellini jamoani mavsum oxirigacha boshqaradi, Rayan Meyson uning yordamchisi sifatida ishlaydi.

Konte "Tottenxem"ni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Klub o‘tgan mavsumni Premyer-liga turnir jadvalida 4-o‘rinda yakunladi va hozirda xuddi shu o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!