Rasman! Alba mavsum oxirida "Barselona"ni tark etadi

Rasman! Alba mavsum oxirida "Barselona"ni tark etadi

Jordi Alba "Barselona"ni tark etishini e’lon qildi.

Himoyachi Kataloniya klubini tark etganini o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga video joylash orqali ma’lum qildi. "Barselona" Alba bilan 2024 yilgacha amalda bo‘lgan shartnoma tomonlar kelishuviga ko‘ra bekor qilinishini ma’lum qildi.

Jordi Alba 2012 yildan buyon "Barselona" safida o‘ynab kelayotgandi. Klub bilan u 6 marta La Liga, 5 marta Ispaniya kubogi, 4 marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. U jamoa bilan Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqdi.

U hozirgacha “Barselona” safida 458 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 91 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!