Ramzan Qodirov: "AQSh — vahshiy"

Ramzan Qodirov: "AQSh — vahshiy"

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining telegram kanalida AQSh shaharlaridagi tartibsizliklarni izohladi.

Uning ta’kidlashicha, u Amerika fuqarolarining huquqlari hukumat amaldorlari tomonidan qo‘pol ravishda buzilayotganini ko‘rib, dahshatga tushgan. "Polisiya Amerika shaharlari ko‘chalarida zo‘ravonlikni amalga oshirmoqda: ular fuqarolarni bo‘g‘ib o‘ldirmoqdalar, kaltaklashmoqda, mashinalarga urishmoqda. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylaridan ushbu tartibsizlikni to‘xtatishini talab qilaman!. Bu vahshiylik”, — deb yozdi Qodirov.

Siyosatchi AQSh fuqarolariga qarshi noqonuniy harakatlarga chek qo‘yishni va barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi. U xalqaro tashkilotlardan AQSh ma’muriyatiga qarshi samarali choralar ko‘rishni so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!