Toshkentlik erkak Ramazon hayiti kuni 8 yoshli qizchani zo‘rlashga urindi
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Toshloq mahallasida 5 iyun kuni yoshi 40dan oshgan erkak qo‘lga olindi. Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, erkak aldov yo‘li bilan 8 yoshli qizchani o‘z uyiga olib kelib zo‘rlashga uringan paytda qo‘lga olingan.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, hodisa 5 iyun kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni mamlakatda Ramazon hayiti bayram qilingan.
Yoshi 40dan oshgan erkak 8 yoshli qizchaga 100 ming so‘m berishini aytib, uni o‘z uyiga olib kelgan, deyiladi xabarda.
8 yoshli qizchaning otasi huquqni muhofaza qilish organlragia bergan arizasida qo‘lga olingan kimsaning pedofil ekanini ma’lum qilgan. Ota qizchasini pedofilning qo‘lidan Toshloq MFYda yashovchi fuqaro qutqarib olganini aytgan.
Toshloq mahallasi faollaridan biri Abduqahhor akaning aytishicha, mahalla ishchilar qo‘lga olingan erkakni kaltaklamoqchi bo‘lgan mahalliy aholining qo‘lidan qutqarib olgan va huquqni muhofaza qilish organlariga topshirgan.
Pedofillikda gumonlanayotgan kimsani qo‘lga olish paytida olingan videoda eyol kishining "Senga o‘xshagan hayvonlarni o‘ldirish kerak!" debd baqirgani yozib olingan.
8 yoshli qizchaning otasi huquqni muhofaza qilish organlariga voyaga yetmagan farzandiga zo‘rlik ishlatmoqchi bo‘lgan erkakka jinoyat ishi ochishlarini so‘rab murojaat qilgan. Ayni paytda voqea yuzasidan surishtirish ishlari olib borilmoqda. Ammo, qayd etish lozimki, O‘zbekiston qonunchiligida pedofillik uchun maxsus modda uchramaydi.
ca.news.org
