Quyoshdagi hodisa magnit bo‘ronini "chaqiradi"

Quyoshdagi hodisa magnit bo‘ronini "chaqiradi"

Quyosh yuzasida yangi tuynuk paydo bo‘ldi, uning kattaligi Yerdan 20 baravar kattaroq. Bu bugun va ertaga sodir bo‘ladigan magnit bo‘roniga sabab bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, bu Quyoshda aniqlangan ikkinchi katta tuynukdir. Yerdan 30 marta katta bo‘lgan birinchi tuynuk 23 mart kuni topilgan edi. Quyoshning rentgen nurlarini suratga olgan NASA Quyosh dinamikasi observatoriyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, tuynikdan chiqqan plazma reaktivi soatiga 2,9 million kilometr tezlikda harakatlanmoqda va Yerga 31 mart yoki 1 aprelda yetib keladi. Bunday hodisa paytida kuchli quyosh shamoli va magnit bo‘ronlari paydo bo‘ladi. Ehtimol, plazmaning ko‘p qismi sayyoramiz atrofida oqayotganligi sababli, magnit bo‘roni kuchli sezilmaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, magnit bo‘roni sun’iy yo‘ldosh aloqasini buzishi va ob-havo ta’siriga moyil odamlarning kasalligini kuchaytirishi mumkin. Umuman olganda, 2023 yil 4, 12, 19 mart kunlari bir nechta magnit bo‘ronlari qayd etilgan. Oyni yakunlaydigan bu bo‘ron o‘rtacha kuchga ega bo‘ladi.

Shifokorlar magnit bo‘roni bo‘layotgan kunlarda toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazishni, to‘g‘ri ovqatlanishni, ayniqsa, surunkali va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinganlar salomatligini diqqat bilan kuzatib borishni tavsiya etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!