Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-maktabda bolalarni yig‘ib, qo‘shimcha dars o‘tilayotgani rostmi?

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-maktabda bolalarni yig‘ib, qo‘shimcha dars o‘tilayotgani rostmi?

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-maktabda bolalarni yig‘ib, qo‘shimcha dars o‘tilayotgani aytilyapti. Men birgina savolni o‘rtaga tashlamoqchiman: bu insonlarda O‘zbekistonda maktablar nima maqsadda yopilgani haqida tasavvur bormi?

❗️ O‘rganish jarayonida mazkur holat bo‘yicha e’lon qilingan fotosurat noto‘g‘ri talqin qilingani va noto‘g‘ri axborot tarqalgani ma’lum bo‘ldi.

Aslida Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi T.Sh o‘zining tug‘ilib o‘sgan uyiga, ya’ni Muzrabot tumani, At-Termiziy mahallasida yashovchi onasining uyiga borgan. T.SH.ning onasi nabiralarini uyda dars qilishi va sport bilan shug‘ullanish jarayonlarini boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida fotosuratni e’lon qilgan.

Ammo ushbu fotosuratga noto‘g‘ri tavsif berilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan — Dilshod Kenjayev, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!