Qo‘mita avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish masalalariga e’tibor qaratdi

Qo‘mita avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish masalalariga e’tibor qaratdi

Joriy yilning 25 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari hamda Bosh prokuratura va Hisob palatasi mas’ul rahbar xodimlarining axborotlari eshitildi.

Shuningdek, Qo‘mita tomonidan mazkur sohada qonunchilikka rioya qilinishi holati, aholi bilan muloqotlar, ularning murojaatlari, tegishli qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda avtomobil yo‘llari infratuzilmasi kompleks takomillashtirilib, yo‘llarda harakatni boshqarish tizimi raqamlashtirilmoqda.

Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash, yo‘llar nosozligi oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 2023 yilda respublika bo‘yicha qariyb 8 mingta ob’ektda umumiy qiymati 13,5 trln so‘mlik qurilish ishlari olib borilgan.

Bu kabi keng ko‘lamdagi choralar natijasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash samaradorligi ortmoqda. Joriy yilning 5 oyi davomida mamlakatimizdagi umumiy yo‘l-transport hodisalari sonini 7,2 foizga, tan jarohati bilan bog‘liq holatlarni 8,7 foizga kamaytirishga erishilgan.

Shu bilan birga, qayd etilgan yo‘nalishda muayyan kamchiliklar, o‘z yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar ham mavjudligi ta’kidlandi.

Hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda ma’lum bo‘ldiki, ularning 57 foizi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hamda 43 foizi haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan.

Sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog‘liq holatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 548 tasi transport qatnovi ko‘p hududlarda joylashgan va aksariyat maktablar oldida piyodalar uchun yo‘laklar mavjud emas, tegishli svetoforlar o‘rnatilmagan.

Oqibatda joriy yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan.

2024 yil 1 yanvar holatiga respublikadagi jami 209,3 ming km avtomobil yo‘llarining 56,1 ming km qismi yoki 27 foizi ta’mirtalab holatda.

2023 yil va 2024 yilning 5 oy davomida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq qariyb 11 ming kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf etish yuzasidan avtomobil yo‘llari egalariga jami 5, 5 mingta yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritilgan.

Mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan axborotlarda qayd etilganidek, avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli 2023 yilda jami 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan.

Sodir etilgan 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Eng achinarlisi, 2023 yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan.

Joriy yilning 5 oyida esa mamlakat bo‘yicha sodir bo‘lgan umumiy yo‘l-transport hodisalarining soni har 100 ming aholiga 7,2 tani tashkil etgan bir paytda ushbu salbiy ko‘rsatkich Toshkent shahrida 12,8 tani, Toshkent viloyatida 12,2 taga, Namangan viloyatida 9,1 taga va Farg‘ona viloyatida 8,4 taga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron ogohlantirmoqda...

Эрон БМТ Хавфсизлик Кенгашига мактуб юборди.

Rossiya muhojirlarni katta tezlikda chiqarib yubormoqda

Россияда муҳожирларга қарши агрессив кампания давом этмоқда.

Koreya osmonida qiruvchi samolyotlar, dronlar...

Корея Республикаси ва АҚШ 110 га яқин самолёт, жумладан F-35 қирувчи самолётлари иштирокида «Озодлик байроғи» ҳаво машқларини ўтказмоқда.

Qibrayda yuz bergan otishma yuzasidan rasmiy axborot berildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 25,97-моддаси (Қасддан одам ўлдиришга суиқасд қилиш) билан жиноят иши қўзғатилди.

Pxenyan o‘z askarlarining Ukrainaga yuborilayotganiga izoh berdi

Бу Пхеняннинг Россияга ҳарбий хизматчиларни юбориш ҳақидаги биринчи расмий изоҳидир.

OFK KXDR-O‘zbekiston o‘yini boshlanish vaqtini e’lon qildi

Осиё футбол конфедерацияси (ОФК) ноябрь ойида бўлиб ўтадиган ЖЧ-2026 саралаш босқичидан ўрин олган КХДР терма жамоасининг икки ўйинини бошланиш вақтини эълон қилди.

Livandan uchirilgan dron millionlab isroilliklar orasida vahima uyg‘otdi

Ливандан учирилган дрон Исроилда миллионлаб одамларнинг ваҳима ва паноҳ топишига сабаб бўлди.

Rossiya Eronni ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi

Sky News Arabia телеканали ўз манбасига таяниб, Россия ҳужумдан бир неча соат олдин Эронни Исроилнинг яқинлашиб келаётган зарбаси ҳақида огоҳлантирганини хабар қилди.

Markaziy bank 22 oktyabrdan dollar kursini belgiladi

Марказий банк 22 октябрдан валюталарнинг янги курсини белгилади.

O‘zbekiston milliy jamoasining Qatar va KXDRga qarshi o‘yinlari boshlanish vaqtlari

Ўзбекистон миллий жамоаси ноябрь ойида 2026 йилги Жаҳон чемпионати 3-саралаш босқичи доирасида Қатар ва КХДР терма жамоаларига қарши сафар учрашувларида иштирок этади.

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10-ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

Kelasi hafta boshida (28-30 oktyabr) kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” агентлиги 28-30 октябрь кунлари Республикамизда кузатиладиган об-ҳаво ҳақида маълумот берди.

Isroilning Eronga hujumi: Xomanaiyning ilk izohi yangradi

Эрон олий раҳнамоси Оятуллоҳ Али Хоманаий Исроил зарбаларидан кейин Х'да ибронийча ҳисоб очди.

Isroilning zarbasi Eronning ballistik raketa ishlab chiqarishini to‘xtatdi

Исроилнинг 26-октабрга ўтар кечаси Эронга берган зарбаси Эрон баллистик ракета дастурининг асосий компонентини ишдан чиқарди, деб ёзади Axios портали исроиллик манбаларга таяниб.

Tramp: «Men aytdim: Vladimir, Ukrainaga borma»

АҚШ президентлигига номзод Доналд Трамп мамлакатдаги энг машҳур подкастёр Жо Роганга уч соатлик интервью берди.

Isroil Eronning asosiy energetika ob’ektlari atrofidagi havo mudofaasini yo‘q qildi

ЦАХАЛнинг нишонлари айнан Хузистон вилоятидаги Бандар Имом Хомайний нефт-кимё мажмуаси яқинидаги,

Eronning Isroilga javobi «aniq» bo‘ladi

Сионистик режимнинг Ғазо ва Ливанда геноцид ва ҳимоясиз болалар ва аёлларни оммавий ўлдиришдан бошқа ютуғи йўқ.

BMT rahbarini Ukrainada ko‘rishni xohlashmaydi, lekin u kelmoqchi

БМТ Бош котиби Антониу Гутерришнинг идораси у ҳали ҳам Украинага келиш ниятида эканини маълум қилди.

Putindan Trampning urushni tugatish va’dasi haqida so‘raldi

Путин Трампнинг Украинадаги позициясини олқишлади.

Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi qo‘shinlari «juda xavotirli»

"Бу ҳаракат Россия президенти Владимир Путиннинг оғир аҳволда эканини кўрсатади".

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati mudofaaga tayyorlanmoqda

Украинанинг Днепропетровск вилояти (Россия қўшинларининг Донбассдаги ютуғи фонида) аллақачон мудофаа учун тайёрланмоқда.

Rekord: Rossiya iqtisodiyotida Putin prezident bo‘lganidan beri bu sodir bo‘lmagan

Бу 2003 йилдан бери, яъни президент Владимир Путин бошқарувининг илк йилларидан бери кузатилган энг юқори кўрсаткичдир.

Germaniya: Pxenyanning qo‘shin yuborishi — eskalasiya

Германия Россиянинг Украинада Шимолий Корея қўшинларини жойлаштириши «аниқ эскалация» бўлишидан огоҳлантирди.

Isroil hujumidan keyin G‘azodagi kasalxona xodimlari bilan aloqa uzildi

Йўқолганлар орасида тиббиёт муассасаси директори Ҳуссам Абу Сафие ҳам бор.

Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi - manba

Бугун, 26 октябр тунда Президент администрацияси Ахборот сиёсати департаменти собиқ раҳбари Комил Алламжоновга қуролли ҳужум уюштирилган.

Eronning bir nechta hududlarida Isroil hujumi kuzatildi

Гувоҳларнинг сўзларига кўра, Теҳрон, Караж ва Санандаж ҳудудларида бир нечта портлаш овозлари эшитилган.

Sankt-Peterburgdagi do‘konda erkak pichoq bilan hujum qilib, 5 kishini yaraladi

Гумонланувчи Юрий исмли 44-ёшли маҳаллий фуқаро эканлиги айтилмоқда.

Janubiy Koreyadagi akkumulyator zavodidagi yong‘inda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Ўт ўчириш бошқармаси матбуот котиби Ким Жин Ённинг айтишича, ҳалок бўлганлар орасида Жанубий Кореянинг икки нафар ишчиси, 1 нафари Лаос ва 18 нафари Хитой фуқароси бўлган.

Hizbullohdan aniq zarba: Isroil katta yo‘qotishlarga uchradi

Исроил йўқотишлар ҳақида хабар берди.

Putin Ukrainadan o‘t ochishni to‘xtatishning dastlabki shartini e’lon qildi

Путин 2022 йил февралида Украинага қарши уруш бошлаганидан буён мезбонлик қилган энг йирик халқаро форум бўлган Қозондаги БРИКС саммитининг якуний кунида сўзлади.

Germaniya «g‘alaba rejasi»ni ishlab chiqqan Zelenskiyni xafa qildi

Шольц Украинанинг НАТОга кириш таклифини рад этди.

Rossiya Kupyansk tomon harakatlanmoqda: shaharga zarba berildi

Харков вилояти губернатори Россиянинг Украина шимоли-шарқидаги Купянск шаҳрига берган зарбасидан кейин тўрт киши яраланганини айтди.

KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi — Ukraina razvedkasi

Машғулотлар Россия шарқидаги бешта полигонда бўлиб ўтди.

Chechenistonda noma’lum shaxslar qurolli hujum uyushtirdi

Росгвардия матбуот хизмати хабарига кўра, ўққа тутилиш натижасида ҳарбий хизматчилардан бири ҳалок бўлган, иккинчиси яраланган.

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib halok bo‘ldi

Оқибатда машина йўл четидаги ариққа ағдарилиб кетган. Ўқувчи бола оғир тан жароҳатлари билан шифохонага ётқизилган.

Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Тахминларга кўра, ҳодисага кўчки сабаб бўлган.