Quddusdagi Al-Aqso masjidi ibodat uchun ochildi

Quddusdagi Al-Aqso masjidi ibodat uchun ochildi

Koronavirus tufayli yopilgan Quddus shahridagi Al-Aqso masjidi 70 kundan so‘ng ibodat uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar qilmoqda.

“Quddusdagi Al-Aqso masjidi bugun tongda koronavirus tufayli 70 kun yopilgandan so‘ng ochildi”, - deyilgan xabarda.

Masjid direktori Umar al-Kisvani masjid Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga amal qilgan holda ochilganini ma’lum qilgan.

Al-Aqso masjidi mo‘min-musulmonlar uchun Makka va Madina shaharlaridagi Masjidul Haromlardan keyingi uchinchi ulug‘ qadamjo hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!