Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida turnaqator navbat yuzaga keldi

Turkiston viloyatidagi “Kazigurt” bojxona postida yuzlab yuk mashinalari kunlab navbat kutmoqda, deb xabar berdi @sputnikKZ.
Navbat juda sekin va faqat kunduzi yuryapti, deydi yuk tashuvchilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar chegaradan alohida to‘lov evaziga o‘tmoqda.
Mahalliy bojxona organida holatni “Kaplanbek” nazorat-o‘tkazish punktining rekonstruksiya qilinishi bilan bog‘lashmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)