Qozog‘istonlik kaskadyor "osilish" tryukidan so‘ng vafot etdi

Qozog‘istonlik kaskadyor "osilish" tryukidan so‘ng vafot etdi

Qozog‘istonlik kaskadyor Kasim Jumagujin Xellouin bayrami munosabati bilan uyushtirilgan kechki bazmda amalga oshirilgan tryukdan keyin vafot etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.

Hodisa shanba kuni yuz bergan. Jumagujin hamkasblari bilan Olma-Otadagi tungi klublarning birida tashkillashtirilgan shou-dasturda ishtirok etayotgan bo‘lgan.

"Kaskadyor arqonda osilib turgan mumiya rolini ijro etishi kerak edi, uning egnida aynan shu turdagi tryuklarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus jilet bo‘lgan", - deb so‘zlab bergan nashrga Nomad Stunts professional kaskaderlar guruhining kommunikasiyalar bo‘yicha menejeri Yevgeniya Li.

"Kasim shu jiletga bog‘langan va osilgan edi. Tomoshabinlar ko‘rgan - butafor sirtmog‘i libosning bir qismi bo‘lib, u qattiq tortilmagan edi", - deb tushuntirgan ayol.

Lining so‘zlariga ko‘ra, uskuna dastlab sinovdan o‘tkazilgan, tryuk bajarilishi vaqtida kaskaderyoning holati uning sherigi tomonidan nazorat qilingan. Jumagujin bir necha marotaba unga "hammasi joyida"ligi haqida signal bergan.

Oradan 15 daqiqa o‘tgach, 34 yashar kaskadyorni pastga tushirishgan, u hali hushida bo‘lgan, lekin o‘zini yomon his qilgan. Uni xonadan chiqarishib, tez yordamni chaqirishgan.

"Hodisa joyiga yetib kelgan mediklar avval jonlantirish tadbirlarini amalga oshirganlar, lekin keyin o‘lim tashxisini qo‘yganlar. Bugun Kasimning yaqinlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini olishgan, unda hamkasbimiz o‘ta o‘tkir kechgan miokard infarkti tufayli vafot etgani aytilgan",  degan Li.

Jumagujin 25ta film s’yomkalarida ishtirok etgan, shu jumladan Silvestr Stallonening "Neuderjimie-2" kartinasi lentalarida va Kianu Rivz bilan "47 roninlar" kartinasida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!