Qozog‘istonda ruxsatnomasiz ishlagan 19 nafar o‘zbekistonlik jarimaga tortildi

Qozog‘istonda ruxsatnomasiz ishlagan 19 nafar o‘zbekistonlik jarimaga tortildi

Atirau viloyatining Maxambet tumanida ruxsatnomasiz ishlagan 19 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining har biriga nisbatan ma’muriy jarima belgilandi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Maxambet tuman sudida xorijliklar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid 19 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 517-moddasi 5-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atildi.

«Sudda aniqlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Maxambet tumanidagi qurilish, fermer xo‘jaliklari, avtomobil ta’mirlash va oshxonalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olmasdan ishlab kelgan. 19 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, xorijliklarning har biriga 86 ming 250 tengedan ma’muriy jarima solingan», — deya xabar berdi Maxambet tumani sudi.

Sud qarorlari qonuniy kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!