Qozog‘istonda qishloq maktabi «Starlink» ka ulandi

Qozog‘istonda qishloq maktabi «Starlink» ka ulandi

Sharqiy Qozog‘iston viloyatida birinchi ilk bor qishloq maktabiga «Starlink» sun’iy yo‘ldosh interneti ulandi.

“Үlken Narin” tumani Sennoye qishlog‘idagi umumta’lim maktabiga «Starlink» sun’iy yo‘ldosh interneti o‘rnatilib, ishga tushirildi.

SHQV raqamlashtirish va arxiv ishi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda viloyatdagi 170 ta maktabga ana shunday internet o‘rnatish rejalashtirilgan.

«Starlink» hozirda sifat jihatidan yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Uning tezligi 120 mbit va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, uni ishga tushirish jarayoni tez", - deyiladi ma’lumotda.

“Үlken Narin” tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Yeldos Bayraxmetovning aytishicha, bugun Sennoye qishlog‘ida 255 nafar aholi istiqomat qiladi. Ilgari bu qishloqda internet bo‘lmagan.

– Tumanimizdagi maktabda viloyatda ilk bor sun’iy yo‘ldoshli internet ishga tushirilganidan xursandmiz. Mazkur umumta’lim maktabida jami 31 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Endi ularning sifatli ta’lim olishi, zarur ma’lumotlardan foydalanishi uchun sharoit yaratiladi”, - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!