Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylov natijalari e’lon qilindi

Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylov natijalari e’lon qilindi

Kecha, 19 mart kuni Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi Majlis hamda mahalliy kengash maslihat deputatligiga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi.

Respublikada jami 10 223 ta hamda 77 ta xorijiy davlatda 62 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da hamda 92 ta saylov uchastkasida hududiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan soat 6:00 da ochildi.

Qozog‘iston Respublikasi hududidagi vaqt zonalari chegaralariga muvofiq, 5 ta viloyat: Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda va Mang‘istau viloyatlari uchastkalari poytaxt vaqti bilan soat 08:00 da ovoz berish boshlandi.

Qozog‘iston mahalliy vaqti bilan soat 16:00 holatiga 12 032 550 nafar ovoz beruvchidan, 6 254 837 nafari ya’ni 51,98 foizi saylovda ishtirok etdi.

Demokratiya tadqiqot instituti assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda o‘z nomzodlarini ilgari surgan 7 ta partiya quyidagicha ovozlarni yiqqan:

  1. «Amanat» partiyasi – 53,46 foiz;
  2. «Ovul» partiyasi – 10,52 foiz;
  3. «Respublika» partiyasi – 8,9 foiz;
  4. «Oq yo‘l» partiyasi – 7,87 foiz;
  5. «Qozog‘iston xalq partiyasi» – 6,25 foiz;
  6. «Milliy sosial-demokratik partiyasi» – 5,31 foiz;
  7. «Baytak» partiyasi – 3,22 foiz.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!