Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar laboratoriyasi topildi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar laboratoriyasi topildi

Olmaotada giyohvand moddalarning yer osti laboratoriyasi topildi.

Qozog‘iston maxsus xizmatlari buni "mamlakat tarixidagi eng yirik" deb atashmoqda, deb yozadi "Interfaks".

Ta’kidlanishicha, giyohvand moddalar bu yerda sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan va Internetning DarkNet deb nomlanadigan segmenti orqali sotilgan. Hisob-kitoblar, asosan, bitkoinlarda amalga oshirilgan.

Taxminan 4 million dollarga teng taqiqlangan moddaning katta partiyasi musodara qilinib, ikki gumondor hibsga olingan.

Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi xabariga ko‘ra, dastlab jinoyatchilar giyohvand moddalarni juda oz moqdorda ishlab chiqarishgan. Ammo ish shu qadar yaxshi rivojlanib ketadiki, natijada ular yashirin laboratoriya joylashgan ulkan kottejni sotib olishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!