Qozog‘istonda ham yana bir tarmoq bloklandi

Qozog‘istonda ham yana bir tarmoq bloklandi

Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi LinkedIn tomonidan aloqa to‘g‘risidagi qonun talablari buzilgani sababli uni bloklashga qaror qilganini e’lon qildi deb xabar berdi Tengrinews

Tekshiruv davomida ijtimoiy tarmoqda onlayn kazino reklamalari, haqiqiy odamlar nomidan soxta akkauntlar yaratilayotganligi aniqlandi. Bu nafaqat Qozog‘iston qonunlarini, balki LinkedIn’ning qoidalarini ham buzadi, deya ta’kidladi vazirlik.

Rasmiylar tarmoq ma’muriyatiga qoidabuzarliklarni bartaraf etish talabi bilan xabarnoma yuborildi, ammo LinkedIn tomonidan bunga munosabat bildirilmadi. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, agar qoidabuzarliklar bartaraf etilsa, ijtimoiy tarmoqqa kirish tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!